Jomboy tumanida hokim o‘zgardi
Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi etib tasdiqlandi

Qayum Sobirov / Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati
Bugun, 18 aprel kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligining telegram kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Qayum Hamroyevich Sobirov Jomboy tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ma'lumot o‘rnida, Q.Sobirov 1970 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. Iqtisodchi. Bugungi kungacha O‘zbekiston Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shu paytgacha tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan Hamza To‘ychiyev arizasiga asosan vazifasidan ozod qilindi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 15:07
-
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
Jahon | 15:03
-
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi
O‘zbekiston | 14:58
-
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

11:16 / 26.02.2025
Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

21:35 / 04.11.2020
Jomboydagi «oltin devor» buziladimi? Hokimlik munosabat bildirdi

18:54 / 01.11.2020
Jomboydagi «zirhlangan» «oltin devor». U odamlarning yo‘lini to‘smoqda

10:54 / 20.10.2020