Bugun, 30 iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. 

Samarqand viloyati hokimining telegram kanalida xabar qilinişiça, sessiya işida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman taşkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengaşining deputatlari qatnaşişdi.

Sessiyada taşkiliy masala körilgan. Şu kunga qadar Samarqand viloyati böyiça ğaznaçilik boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Hamza Hakimoviç Töyçiyev Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi.

Töyçiyev 1978 yil Kattaqörğon tumanida tuğilgan. 2001 yil Samarqand Qişloq xöjalik institutini, 2004 yil Özbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini bitirgan.

Eslatib ötamiz, 26 iyul kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrif buyurib, viloyat faollari bilan yiğiliş ötkazgandi. 

Yiğiliş natijasiga köra, Jomboy tuman hokimi Umidjon Nazarov hamda Samarqand tumani hokimi Şuhrat Jamolov qolgan 3 sektor rahbarlari bilan birga egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan.