Ikkinçi maşina haydovçisi bu vaqtda maşinasidan taşqarida turgandi va möjiza tufayli omon qolgan. Qora Gentra oq Gentra’ni surib borayotganida yöl çetida öynab turgan yoş qizça ham ğildirak ostida qolişiga bir baxya qolgan, qizça qoçib darvozadan içkariga kirişga ulgurgan.
Kuzatuv kamerasiga yozib olingan kadrda uşbu voqea 21 aprel kuni röy bergani köringan.
Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi aniqlik kiritişiça, holat Jomboy tumanida Samarqand mahallasi hududida röy bergan. Avariya sodir etgan Gentra haydovçisi mast holda rulga ötirgani va soatiga 90 km tezlikda harakatlangani ma’lum qilingan. Hodisa oqibatida ikki haydovçi ham şifoxonaga yotqizilgan.
Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Jomboy tuman sudiga yuborilişini ma’lum qilib, şunday harakat sodir etgan haydovçilar haydovçilik guvohnomasidan mahrum etilişi mumkinligidan ogohlantirgan.













