Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi maktablardan birining direktori o‘quvchi qizga SMS jo‘natib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Direktor sudda o‘quvchini tarbiyalash uchun shunday qilganini aytdi.
Yuqori Chirchiq tumanida maktab direktori o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, 39 yoshli J.I. tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlaydi. U 16 va 17 aprel kunlari Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan Sms xabarlari jo‘natgan.
Direktor sudda aybiga iqror bo‘lgan. U xabarlarni o‘quvchini tarbiyalash maqsadida yozganini aytgan hamda pushaymonlik bildirgan. O‘quvchining qonuniy vakili esa direktor o‘z lavozimiga loyiq emasligini aytib, unga og‘irroq jazo qo‘llashni so‘ragan.
JIB Yuqori Chirchiq tuman sudining qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bank xodimi 5 sutkaga qamalgandi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
11:51 / 21.04.2026
Namangandagi maktablar “Mutolaa” platformasida majburiy obunaga jalb qilinayotgani aytildi
19:04 / 16.04.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
19:00 / 09.04.2026