Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana uchta yangi erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilinadi
O‘zbekistonda yana uchta yangi – Farg‘ona viloyatida "Qo‘qon", Samarqand viloyatida "Urgut" va Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" erkin iqtisodiy hududlari yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov Bishkekda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida ma'lum qildi.
Azimovning aytishicha, bu hududlarning yaratilishi tashabbusini bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bildirgan. 26 oktabrda Mirziyoyev tomonidan shu maqsadda "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon imzolandi. Bu farmon to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga jalb qilish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
"Bu farmonga ko‘ra, xorijiy investorlarga ular tomonidan "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy hududlarida faoliyatlarini amalga oshirishda misli ko‘rilmagan qo‘shimcha bojxona va soliq imtiyozlari taqdim qilinadi", deb aytdi Azimov.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda uchta – "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy hududlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 10.06.2025
Rustam Azimov: “Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”
15:45 / 15.10.2021
Rustam Azimov hukumatdan ketganidan beri ilk marta OAVda chiqish qildi
18:06 / 07.06.2017
Rustam Azimov «O‘zbekinvest»ga rahbar bo‘lgani rasman tasdiqlandi
13:52 / 06.06.2017