Boş vazirning sobiq birinçi örinbosari, sobiq moliya vaziri, ayni paytda «Özbekinvest» aksionerlik jamiyati boş direktori lavozimida işlayotgan Rustam Azimovning maqolasi «Yangi Özbekiston» gazetasida e'lon qilindi. Unda muallif mustaqillikning ilk yillaridagi vaziyat va oxirgi yillarda bölgan özgarişlar haqida töxtalib ötdi.

Mustaqillikning dastlabki yillari va Islom Karimov haqida

“Bu kunlarga yetib keliş oson bölmadi, albatta. Mustaqillik e'lon qilingan birinçi kunlardagi qiyinçiliklar, respublika omborlarida bir haftaga yetar-yetmas don qolgani yoki neft tanqisligi, bu muammolarni hal etiş, ya'ni çet davlatdan sotib oliş uçun valutamiz yöqligi, undan keyin Toşkentda terroristlar tomonidan sodir etilgan portlaşlar, Namangan va boşqa hududlardagi fojiali voqealar... Şularni eslaganda, avvalambor, Birinçi prezidentimiz Islom Karimovni Özbekiston mustaqilligiga asos solgan inson sifatida köz oldimizga keltirişimiz tabiiydir. Birinçi prezidentimizning qöl ostilarida 25 yil işlaş men uçun ham juda katta maktab, ham sinov edi. Islom Abduğaniyeviç öta talabçan inson edilar. Lekin ular uşbu talabçanlikni oldin özlariga qaratar, keyin qöl ostida işlaydiganlardan talab qilar edi. U insonning qilgan işlariga prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev juda töğri va odilona baho berdilar. Şu örinda bir fikrni aytmoqçiman. Hozirgi kunda dunyoda rasman 200dan ziyod mustaqil davlat bor, lekin aslida köpçiligining mustaqilligi qoğozda, ya'ni sun'iy, çunki ular siyosiy, iqtisodiy yoki xavfsizlik jihatidan u yoki bu davlatga tobe va afsuski, ularning taqdiri öz poytaxtlarida emas, balki boşqa poytaxtlarda hal etiladi. Özbekiston ulardan farqli ölaroq, 25 yil içida haqiqiy mustaqillikka ega böldi”.

Oxirgi yillardagi özgarişlar haqida

“Özbekiston demokratik jamiyatni qurişga kirişdi. Buni oçiq aytiş kerak, oson qaror bölmadi. Demokratiya bölmagan davlatda rivojlaniş bölişi juda qiyin. Qöpol qilib aytganda, bir quşning qanotlarini kesib taşlasangiz, u uçmaydi. Demokratiya xalqimiz qanotlarni keng yoyib, parvoz qilişiga yöl oçdi”.

Oşib borayotgan davlat taşqi qarzi haqida

“Iqtisodiy islohotlar jadal rivojlanyapti, bulardan eng birinçisi valuta erkin aylanmasi joriy qilingani bölsa, bank tizimi va pul muomalasi erkinlaştirilişi, soliq yukining keskin kamaytirilişi va xususiy biznesga keng yöl oçilişi uning asosiy negizidir. Köplab yiğilib qolgan muammolarni faqat özimizning çegaralangan manbalar hisobidan töliq hal qilişning imkoni yöq. Şuning uçun davlatimiz çetdan qarz olişga majbur. Töğri, qarz oşmoqda, lekin şu bilan birga, iqtisodiyotimiz ham tez sur'atlar bilan ösmoqda, ösayotgan iqtisodiyot esa mening fikrimça, bu qarzlarni öz vaqtida tölaşga töliq imkoniyat beradi”.