Rustam Azimov «Özbekinvest» eksport-import milliy suğurta kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Bu haqdagi ma'lumotni bir qator manbalar «Kun.uz»ga ma'lum qilişdi.
Tahririyat kompaniya matbuot xizmatiga boğlanganida, bu ma'lumotni hali tasdiqlay olmasliklarini, lekin bugun soat 16:00da kompaniyada navbatdan taşqari yiğiliş ötkazilişi kutilayotganini aytişdi. Aynan şu yiğilişda yangi direktor taniştirilişi kutilmoqda.
«Özbekinvest» 1994 yilning 13 aprelida Vazirlar Mahkamasining 206-sonli qarori bilan taşkil etilgandi. Uşbu kompaniya umumiy suğurta bozorida faoliyat olib boradi va suğurta faoliyati klassifikatoriga köra mavjud 17 turdagi suğurtaning barçasi bilan şuğullanadi. Kompaniya ta'sisçilari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (50 mln dollar) va Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (10 mln dollar) hisoblanadi.
Kompaniya vazifasi maqbul narxlardagi yuqori sifatli suğurta xizmatlarini taqdim etiş orqali Özbekiston Respublikasi suğurta bozorining rivojlanişiga kömaklaşişdir.
Kompaniyaga 2005 yildan buyon Faxriddin Saidahmedov rahbarlik qilib kelmoqda edi.
Bugun Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov lavozimidan ozod etilgani ma'lum böldi.










