Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Pxenyanga ikki elchisini yuboradi
Foto: mtholyoke.edu
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 5 mart kuni Shimoliy Koreyaga ikki maxsus elchisini jo‘natadi. Ularni yuborishdan maqsad ikki davlatning yaqinlashishi hamda Pxenyan va Vashington o‘rtasida muloqotni mustahkamlashdan iborat. Bu haqda 4 mart kuni Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyanga ikki kunlik safar bilan Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati direktori So Xun va prezident huzuridagi milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon jo‘naydi.
Taxmin qilinishicha, ular tashrif vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisiga Janubiy Koreya prezidenti maktubini topshirishadi va Kim Chen Inning janublik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazish taklifini muhokama qilishadi.
Mavzuga oid
07:40 / 27.03.2026
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
12:26 / 19.02.2026