Özbekistonning Janubiy Koreyadagi elçixonasi vakillari uşbu mamlakatda vafot etgan vatandoşimiz holati böyiça ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, K.N.ning vafoti munosabati bilan Janubiy Koreya milliy politsiya agentligining mas’ul xodimlari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.

Janubiy Koreya tomonining bildirişiça, ayni vaqtda Özbekiston fuqarosining ölimi yuzasidan mutasaddi soha vakillari tomonidan tekşiruv va ekspertiza işlari davom ettirilmoqda. Dastlabki tekşiruv natijalariga köra, uning vafotida qotillik alomatlari mavjud emas.

Qayd etilişiça, Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan uşbu holatga töliq oydinlik kiritilganidan söng qöşimça axborot taqdim etiladi.

Şu bilan birga, tekşirilmagan, yolğon yoki vahima çiqaruvçi ma’lumotlarni tarqatiş qonunçilikka muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bölişi eslatildi.