Seul Markaziy tuman sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni isyonga rahbarlik qilgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Sud fikriça, 2024 yil dekabrida harbiy holat joriy etilişi aynan şu isyon hisoblanadi, deb xabar beradi Yonhap.
Yun Sok Yol parlament (Milliy assambleya) binosi hududini qöşinlar va politsiya bilan örab qöyiş buyruğini berganlikda ayblandi — maqsad deputatlarni uning farmoniga qarşi ovoz berişdan tösiş bölgan. Şuningdek, u parlament spikerini hamda öşa paytdagi hukmron partiya va asosiy muxolifat partiyasi rahbarlarini hibsga olişni taşkil etganlikda ayblangan.
Ayblov xulosasiga köra, Yun sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va boşqa amaldorlar bilan isyonni taşkil etiş uçun til biriktirgan va mamlakatda uruş yoki şu kabi favqulodda holat mavjud bölmaganiga qaramay, noqonuniy ravişda harbiy holat e’lon qilgan.
Maxsus prokurorlar jamoasi sobiq prezident uçun ölim jazosini söragan. Janubiy Koreyada esa oliy jazo çorasi 1997 yildan beri amaliy qöllanmagan.
Sud jarayonida 65 yoşli Yun Sok Yol ayblovlarni rad etib, prezidentning konstitutsiyaviy favqulodda holat joriy etiş huquqini amalga oşirişi isyon deb baholanmasligi kerakligini aytdi. Uning sözlariga köra, bu qadamga muxolifat partiyalarining hukumat işiga tösqinlik qilişi sabab bölgan.
«Bu fuqarolarni bosib taşlaydigan harbiy diktatura emas edi, balki erkinlik va suverenitetni himoya qiliş, konstitutsion tartibni tiklaşga uriniş edi», — dedi u.
Yun Sok Yol bilan birga harbiy holat işi böyiça yana bir neça şaxslar ham javobgarlikka tortilgan. Sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon 30 yilga, Seul politsiya boşqarmasining sobiq rahbari Kim Bon Sik esa 10 yilga qamoqqa hukm qilindi.
Yanvar oyida Yun Sok Yol hibsga olişga tösqinlik qilgani uçun ham 5 yillik qamoq jazosini olgan edi. Öşa oyda Janubiy Koreyaning sobiq boş vaziri Xan Dok Su Yun Sok Yolga isyonni taşkil etişda yordam berganlikda ayblanib, 23 yilga qamalgan. Fevral oyida sud sobiq içki işlar vaziri Li San Minni ham xuddi şu ayblov bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
2024 yil dekabri boşida Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etgan, qarorini mamlakatni «kommunistik kuçlar»dan himoya qiliş bilan asoslab, muxolifatni «davlatga qarşi faoliyat»da ayblagan. Parlament qarori bilan farmon bekor qilingan. Keyinçalik deputatlar Yun Sok Yolga impiçment e’lon qildi, Konstitutsiyaviy sud esa aprel oyida uni tasdiqladi.


















