Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonovning xoldingi «Everton»ga homiylik qiladi
Angliyaning «Everton» jamoasi bosh direktori aksionerlar yig‘ilishida ma'lum qildiki, klub rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning xoldingi (USM) bilan 5 yillik homiylik shartnomasi tuzgan. Kelishuv doirasida 2017 yilning yanvarida jamoaning mashg‘ulot bazasini nomlash huquqi ham ushbu xoldingga o‘tadi.
The Guardian xabariga ko‘ra, kelishuvning umumiy qiymati 75 mln funt sterlingni (92,6 mln yevro) tashkil etadi.
Endilikda «Everton»ning mashg‘ulot bazasi nomi Finch Farm emas, USM Finch Farm bo‘ladi. Bundan tashqari, Usmonovning xoldingi klubning uy uchrashuvlari o‘tadigan «Gudison Park» stadionidagi o‘yinlar vaqtida reklama joylashtirish va marketing ishlarini yuritish huquqiga ega bo‘ldi.
2016 yilning fevralida «Everton» rahbariyati rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Red and White Holdings va USM xoldinglari bo‘yicha hamkori bo‘lmish eronlik Farhod Moshiriy inglizlar jamoasi aksiyalarining 49,9 foiziga ega bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Usmonov Londonning «Arsenal» klubi aksionerlaridan biri hisoblanadi. 2016 yilning fevralida u Moshiriyning hissasini sotib olib, o‘z aksiyalari ulushini 30,04 foizga yetkazgandi.
Mavzuga oid
12:36 / 25.11.2025
APLda noodatiy qizil kartochka ko‘rsatildi
16:21 / 14.07.2023
Dele Alli «yorildi». Bolalikda tajovuzga uchragani, ruhiy muammolar, Pochettino va Mourino haqida
18:43 / 31.01.2022
Frenk Lempard – «Everton» bosh murabbiyi
00:36 / 08.09.2020