Hatto «Real» e’tiborida bölgan bu iste’dodli futbolçi yaşin tezligida pastga qulay boşladi, avval «Tottenhem», keyin «Everton»ning asosiy tarkibidan çetda qolib, ötgan mavsumda esa hatto «Beşiktoş»ga kerak bölmay qolgan Delega aslida nima böldi? Futbolçi rostan ham Mourino aytganidek, böş xarakterga egami yoki buning ortida boşqa sabablar ham bormi?

27 yoşli futbolçi kuni keça Gari Nevillga intervyu berdi va nafaqat futbol muxlislari yoki uning atrofidagi jurnalistlar, balki u bilan birga töp surgan jamoadoşlari ham bilmagan haqiqatlarni oçiqladi.

Dele Alliga nima bölgandi?

Hozir odamlarga aslida nima bölganini aytişning ayni payti. Turkiyadan qaytgaç, operatsiya stoliga yotişim kerakligi haqida bildim va aytişim kerakki, ruhiy çuqurlikka tuşib qoldim. Men ruhiy jarohatlardan davolaydigan rehabga (reabilitatsiya markazi) ehtiyoj seza boşlagandim. Vaqti keldi. Boşqa odamning bunday maslahati heç qaçon kor qilmaydi, muhimi, sening özing bunga amin bölişing, qaror berişing lozim. Boşqa yöli yöqligini his qilişing şart.

Men yopiq aylana içida qolgandim – özimni qiynaşga, majburlaşga urindim, bu esa, aksinça, zarar berardi. Har tong uyğonib özim bilan kuraşar, maşğulotlarga borib, hammaga özimni baxtli körsatiş uçun jilmayardim. Özimni yengayotgandek tuyulsa-da, aslida ongimda yutqazayotgandim. Bu jarayon heç qaçon tugamasligimni his qilganimda, vaqti kelganiga amin böldim.

Olti haftalik klinikaga yotdim. Şu örinda «Everton»ga taşakkur izhor qilişim kerak. Klub töliq meni qöllab-quvvatladi. Kelajakda nima bölişidan qat’i nazar, men ulardan minnatdorman. Hayotimdagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilayotganimda ular yonimda turişdi, men bilan oçiq, samimiy va rostgöy böldilar. Odamlar rehabni qandaydir yomon joy deb biladi, ammo menga bu davr qançalik yordam berişini mumkinligini tasavvur ham qilolmasdim ilgari. Juda yomon holatda edim.

Bolaligimda men bilan juda köp yomon voqealar bölgan, lekin heç qaçon özimga yomon iş qilayotganimni tan olişni bilmasdim. Ammo agar hammasini ortga qaytarsak... Bilasizmi, hammasi mening qölimda bölmagan. Meni doim ortga tortadigan, bugungi hayotimda ham ta’sirini ötkazib, olğa yurişga xalaqit beradigan tuyğulardan batamom qutulişim şart bölgan ekan.

Rehabdan uç hafta oldin çiqdim. Rostini aytsam, bu qadar tez hammasini aytib beraman deb öylamagandim, lekin hozir özimni ança kuçli his qilyapman. Bu bir tomondan yaxşi ham – bugungi dunyoda biror narsani köp vaqt yaşirib yuriş imkonsiz. Jurnalistlar allaqaçon is olişdi, klubga telefon qilib, men haqimda söraşgan ham, menga farqi yöq. Nima yozişsa yozaverişsin. Şunçaki, bu haqiqatga töğri kelmaydi. Mening iqrorlarim men kabi holatga tuşib qolgan boşqa insonlarga yordam bersa, ular ham yolğiz emasliklarini bilsa, maqsadim şu. Özimni oqlaş yoki jurnalistlarning miş-mişlariga javob beriş emas.