«Mançester Yunayted» – «Everton» 0:1
Gol: Dyusberi-Holl, 29 (0:1)
«Mançester Yunayted»: Lammens, de Ligt, Şou, Yoro, Brunu Fernandeş, Kazemiro (Dalot, 58), Dorgu (Maynu, 58), Mazraviy (Maunt, 46), Diallo, Mbemo, Zirkze
«Everton»: Pikford, Kin, Tarkovski, Mikolenko, Koulman (ÖBrayyen, 10), Guyye, Garner, Dyusberi-Holl (Alkaras, 88), Griliş (Makneyl, 88), Ndiay (Iroegbunam, 82), Barri (Betu, 82)
Ogohlantirişlar: Mbemo, 45. Kazemiro, 50
Çetlatiş: Guyye, 13

«Mançester Yunayted» APLning 12-tur öyinlaridan keyin kuçli törtlikka kirib olişi mumkin edi. Buning uçun jamoa öz uyida «Everton»ni mağlub etişi talab etilardi. Bu raqibga qarşi «Old Trafford»dagi sönggi mağlubiyat 2013 yilda – Devid Moyyesning «MYu»dagi ilk mavsumida röy bergandi. Endi esa şotlandiyalik murabbiy «Everton» boş murabbiyi sifatida uşbu stadionga taşrif buyurgandi.

Öyin starti voqealarga boy keçdi. Öyinning 10-daqiqasidayoq «Everton» sardori Şeymus Koulman safdan çiqdi. Holbuki klub afsonasi APLning joriy mavsumida ilk bor boşlanğiç tarkibdan örin olgandi. Ammo 37 yoşli irlandiyalik himoyaçi yana jarohat oldi va mehmonlar ustozi kutilmagan almaştiriş amalga oşirişga majbur böldi.

Sardor yöqligida «Everton» futbolçilari orasida favqulodda hodisa yuz berdi. Jamoadoşlarning özaro janjalidan keyin ulardan biri maydondan çetlatilişi kamyob hodisa hisoblanadi. Va «Old Trafford»da yiğilgan muxlislar aynan şunday hodisaga guvoh bölişdi. Öyinning 13-daqiqasida «MYu» hujumi vaqtida «Everton» yarimhimoyaçisi Idrissa Guyye töpni egallab oldi va öz yaqinida turgan himoyaçi Maykl Kinga uzatdi. Ammo himoyaçi uni tuşunmadi va töpni qabul qilmadi, natijada töpga ega çiqqan Brunu Fernandeş xavfli zarba yölladi.

Kin senegallik jamoadoşini jarima maydoni içida bunday tavakkalçilik qilgani uçun koyidi, Idrissa esa unga taşlanib qoldi va uning yuziga şapaloq tortib yubordi. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan boş hakam Toni Harrington esa darhol çöntagidan qizil kartoçkani çiqardi.

Kin ham jamoadoşiga baqirib, uni maydonni tark etişga unday boşladi, Idrissa esa maydonni tark etişni istamasdan, yana Kinga hujum qilmoqçi böldi, faqat darvozabon Jordan Pikford va yarimhimoyaçi Iliman Ndiayyening örtaga tuşişi vaziyat yanada yomonlaşişining oldini oldi, şundan keyin futbolçi kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi.