Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari reytingi joriy etiladi
Adliya vazirining buyrug‘i bilan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash uslubiyoti tasdiqlandi.
Hujjat prezidentning "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Uslubiyot davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizani baholashning vazifalari:
- yuridik xizmat xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish;
- NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sifatini oshirish;
- yuridik xizmat xodimlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash.
NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijalarini baholash Adliya vazirligi tomonidan har yili 20 yanvargacha amalga oshiriladi.
Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
- NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish qamrovi – 10 ball;
- ekspertiza natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning muvofiqligi – 30 ball;
- korrupsiya paydo bo‘lishiga ko‘maklashuvchi barcha omillarning aks ettirilgani – 50 ball;
- ekspertiza natijalarini OAVda chop etilgani – 10 ball.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tegishli reyting shakllantiriladi.
Shuningdek, "a’lo" baho olgan mas’ul davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini rag‘batlantirish va "qoniqarsiz" baho olgan xodimlar faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularga intizomiy jazo qo‘llash choralari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
17:40 / 20.06.2025
Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi
16:07 / 24.03.2025
Ertaga barcha davlat tashkilotlarida bir soatga “svet” o‘chiriladi
19:41 / 12.09.2024
Davlat tashkilotlari va hokimliklarning 2 mingdan ortiq noqonuniy qarori bekor qilindi
14:33 / 27.08.2024