Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertaga barcha davlat tashkilotlarida bir soatga “svet” o‘chiriladi
Bu 25 mart – “Yer soati” kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan maxsus aksiya doirasida amalga oshirilmoqda.
25 mart kuni O‘zbekistonda barcha davlat tashkilotlarida 1 soatga elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu 25 mart – “Yer soati” kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan maxsus aksiya hisoblanadi. Maqsad tabiiy resurslarni asrash va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.
“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, “Yer soati” har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Mazkur tadbir 2007 yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan. Tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqiradi. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.
Mavzuga oid
22:10 / 16.04.2026
Davlat idoralari xalqqa qanchalik ochiq?
08:02 / 08.08.2025
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari reytingi joriy etiladi
17:40 / 20.06.2025
Endilikda davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi
19:41 / 12.09.2024