Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, quyidagi tashkilot va muassasalar davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan:

- O‘zyo‘lko‘prik klasteri Jizzax filiali davlat muassasasining 2,9 mlrd so‘mlik;

- Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabining 885,9 mln so‘mlik;

- Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligining 605 mln so‘mlik;

- Toshkent tumani tibbiyot birlashmasining 551,9 mln so‘mlik;

- Ichki ishlar vazirligi qoshidagi «Qurilish-ta’mirlash guruhi» DUKning 520 mln so‘mlik;

- Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 500 mln so‘mlik;

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining 407 mln so‘mlik;

- Qumqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 275,5 mln so‘mlik;

- Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 200 mln so‘mlik;

- Respublika O‘lat karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qashqadaryo filialining 190 mln so‘mlik;

- Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi davlat muassasasining 169,1 mln so‘mlik;

- Narpay tumani obodonlashtirish boshqarmasining 82 mln so‘mlik;

- Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 76,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida.

Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan:

- «Oqoltin don mahsulotlari» AJning 3 mlrd so‘mlik;

- Toshkent viloyati Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining 403 mln so‘mlik davlat xaridlarida.

Bundan tashqari, Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazining 269 mln so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgani aniqlandi.