O‘zbekiston | 12:25 / 03.12.2023
6768
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va viloyatida 3 ta «zapravka» 34 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta gaz «zapravka» 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Ular hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalarini o‘zgartirgan.

Foto: Energetika vazirligi

1 dekabr kuni «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan «T.V.G.» MChJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «O.E.G.» MChJ va «P.O.» MChJga qarashli «zapravka»lar gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatgan. Buning uchun hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid