O‘zbekiston | 15:34 / 02.01.2021
23305
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini mustaqil belgilaydi

Hukumat qarori bilan endi Oliy ta'lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini, ya'ni 5 yoki 6 kunlik o‘quv haftasi davomiyligini mustaqil belgilaydi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

“Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (824-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.

2021 yil 1 yanvardan: 

  • OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
  • Ta'lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi. Oliy ta'lim muassasasi kengashi qarori asosida:

  • Professor-o‘qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
  • O‘qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.

Mavzuga oid