Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda yuzlab namoyishchilar AQSh konsulligiga hujum qildi
Politsiya kuch ishlatishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
500 ga yaqin kishi AQShning Pokiston janubidagi Karachi shahrida joylashgan konsulligi binosiga bostirib kirgan. Bu AQSh va Isroilning zarbalari oqibatida Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy o‘ldirilishi ortidan ro‘y berdi, deb xabar qildi 1 mart kuni Associated Press. Agentlikning yozishicha, aksiyada shia mazhabiga mansub musulmonlar ishtirok etgan.
Politsiya va harbiylar namoyishchilarni tarqatish uchun kaltak va ko‘zdan yoz sizdiruvchi gaz qo‘llagan.
Mahalliy politsiya vakili Muhammad Javodning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, yana bir necha namoyishchi yaralangan.
Keyinroq Pokiston qutqaruv xizmati Edhi AQSh konsulxonasi oldidagi namoyish chog‘ida olti kishi halok bo‘lgani va yana bir necha kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bu vaqtda ayrim manbalarda qurbonlar soni 10 nafarligi haqida xabar berilgan.
Isroil va AQSh Eronga 28 fevral kuni hujum boshladi. Tehronga yo‘llangan zarbalar oqibatida mamlakat oliy rahbari Ali Xominaiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:00
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
09:10 / 25.03.2026