Pokiston AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşiga barham beriş maqsadida ötkaziladigan muzokaralar uçun maydon taqdim etişga tayyor. Bu haqda seşanba, 24 mart kuni, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.
“Pokiston Yaqin Şarqdagi uruşni töxtatiş, mintaqa va undan taşqarida tinçlik hamda barqarorlikni ta’minlaş maqsadida muloqotni yölga qöyişga qaratilgan sa’y-harakatlarni olqişlaydi va töliq qöllab-quvvatlaydi”, — deb yozdi u.
“AQŞ va Eron tomonidan rozilik bildirilgan taqdirda, Pokiston mazmunli va samarali muzokaralarni ötkazişga kömaklaşiş hamda joriy mojaroni har tomonlama tartibga solişga qaratilgan jarayon uçun mezbonlik qilişga tayyor va buni özi uçun şaraf deb biladi”, — deya qöşimça qildi Şarif.
AFP agentligining aniqlaşiça, Pokiston hukumati rahbari Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon bilan suhbatlaşganini va mintaqada tinçlikka erişiş yölida yordam berişga va’da qilganini ma’lum qildi. IRNA agentligi xabariga köra, Eron taşqi işlar vazirligi 23 mart kuni “döst mamlakatlar”dan AQŞning muzokaralar haqidagi sörovini anglatuvçi xabar olganini bildirgan.
Şu orada AQŞ prezidenti Donald Tramp 24 mart kuni Oq uyda jurnalistlarga Vaşington Erondagi “kerakli odamlar” bilan vaziyatni muhokama qilayotganini va ular “juda ham kelişuvga erişişni istaşini” yana bir bor aytdi.
Trampning sözlariga köra, AQŞ tomonidan bu muloqotlarda davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jyeyms Devid Vens iştirok etmoqda.
AQŞ rahbari, şuningdek, Tehron yadroviy qurol yaratişdan voz keçişga tayyor ekanini ham ta’kidladi, biroq voqealardan oldinlab ketmaslikka çaqirdi.
Bundan taşqari, Reuters agentligi xabar berişiça, Donald Tramp Eron tomonidan energetika sohasida berilgan qandaydir katta imtiyoz haqida gapirgan, ammo tafsilotlarni oçiqlamagan. Uning aytişiça, bu “sovğa” Hörmuz böğozi bilan boğliq bölib, “juda katta mablağga arziydi”. Tramp bu masala yadroviy energetikaga emas, balki neft va gazga taalluqli ekanini qöşimça qildi.
Bundan avval, 24 mart kuni Isroilning Ynet naşri eronlik amaldorga tayanib yozişiça, Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan telefon orqali muloqot çoğida yangi oliy rahbar Mujtaba Xominaiy göyoki Tehronning Vaşington bilan muzokara ötkazişini ma’qullaganini aytgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlangani yöq.












