O‘zbekiston | 14:40 / 20.09.2019
26786
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yosh kelin-kuyovlar uchun maxsus tadqiqot portal ochiladi

Foto: Flickr

O‘zbekistonda o‘smirlar, yosh kelin-kuyovlar va ota-onalarning reproduktiv salomatlik sohasidagi tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida maxsus axborot-ma'rifiy tadqiqot portal ishlab chiqiladi.

Bugun, 20 sentabr kuni Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi qabul qilgan qarorda shu haqda aytib o‘tilgan, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Portalni 3 oy muddatda yaratish va ishga tushirish vazifasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Respublika reproduktiv salomatlik markaziga yuklatildi.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar uchun jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Bunda bola va o‘smirlarning yoshi, psixologik va jismoniy o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.

Dastur loyihalarini ishlab chiqish bilan Xalq ta'limi vazirligi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va boshqa manfaatdor vazirlik-idoralar shug‘ullanadi.

Mavzuga oid