Özbekistonda ösmirlar, yoş kelin-kuyovlar va ota-onalarning reproduktiv salomatlik sohasidagi tibbiy madaniyatini oşiriş maqsadida maxsus axborot-ma'rifiy tadqiqot portal işlab çiqiladi.

Bugun, 20 sentabr kuni Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi qabul qilgan qarorda şu haqda aytib ötilgan, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Portalni 3 oy muddatda yaratiş va işga tuşiriş vazifasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Respublika reproduktiv salomatlik markaziga yuklatildi.

Şuningdek, voyaga yetmagan şaxslar uçun jinsiy tarbiya masalalari böyiça maxsus dasturlar işlab çiqiladi. Bunda bola va ösmirlarning yoşi, psixologik va jismoniy öziga xosliklari inobatga olinadi.

Dastur loyihalarini işlab çiqiş bilan Xalq ta'limi vazirligi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi va boşqa manfaatdor vazirlik-idoralar şuğullanadi.