Statistika agentligi ma’lumotiga köra, uning negizida siat.stat.uz Özbekiston statistika portali sinov rejimida işga tuşirildi.
Natijada rasmiy statistikani e’lon qiliş va ularni foydalanuvçilar tomonidan qidirib topiş vaqti 5-10 barobarga, alohida sörovlar asosidagi integratsiya qiliş vaqti esa 10 kundan 1 kungaça qisqartirildi.
Portal rasmiy statistik ma’lumotlarni foydalanuvçilarga qulay körinişda taqdim etiş maqsadida hamda xalqaro taşkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ma’lumot va metama’lumotlarni elektron almaşinişning SDMX standarti talablarini töliq inobatga olgan holda işlab çiqilgan.
Şuningdek, portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik körsatkiçlar joylaştirildi, foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida statistik körsatkiçlarni 5 xil formatda yuklab oliş hamda integratsiya yöli bilan tizimga ulaniş yölga qöyildi.












