Biznes | 07:27 / 04.05.2026
3539
2 daqiqa o‘qiladi

6,5 mlrd so‘m – 2025 yilda daromad olgan xonandalar haqida ma’lumot berildi

Joriy yil 1 may holatiga konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan va 2025 yilda ushbu faoliyatdan olgan daromadlari bo‘yicha 1100 nafar xonanda soliq deklaratsiyasini taqdim etdi.

Foto: AP

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, deklaratsiya asosida qariyb 6,5 mlrd so‘m daromad ko‘rsatilib, shundan soliqqa tortiladigan daromad 5 mlrd so‘mni va soliq miqdori qariyb 600 mln so‘mni tashkil etgan.

Shundan:

- I - Reyting guruhida 47 nafari 1 495,8 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 1173,1 mln so‘mdan 140,8 mln so‘m daromad solig‘i;

- II - Reyting guruhida 100 nafari 901,4 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 699 mln so‘mdan 83,9 mln so‘m daromad solig‘i;

- III - Reyting guruhida 953 nafari 4 081,3 mln so‘m daromad ko‘rsatib, shundan soliqqa tortiladigan 3 219,7 mln so‘mdan 375,2 mln so‘m daromad solig‘i hisoblandi.

Taqdim etilgan 1100 ta jami yillik deklaratsiyaning:

- 375 tasida daromad 1 mln so‘mgacha, jami 213,1 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq summasi 54,4 ming so‘m);

- 576 tasida 10 mln so‘mgacha, jami 2 553,2 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq summasi 420,7 ming so‘m);

- 102 tasida 20 mln so‘mgacha, jami 1 414,6 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq summasi 1,3 mln so‘m);

- 28 tasida 40 mln so‘mgacha, jami 860,6 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq summasi 2,7 mln so‘m);

- 12 tasida 60 mln so‘mgacha, jami 655 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq summasi 5 mln so‘m);

- 7 tasida 152 mln so‘mgacha, jami 782 mln so‘m (o‘rtacha yillik soliq 10,7 mln so‘m) ko‘rsatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid