«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, jumladan, Baqtriya va Kuşon imperiyalarining markazi bölgan Markaziy Osiyo mintaqasidan noqonuniy olib çiqilgan artefaktlarning bir qismi Buyuk Britaniya poytaxti politsiyasining San’at va antiqa buyumlar sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan Özbekistonning Londondagi elçixonasiga taqdim etilgan. Keyinçalik ular Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan joy oladi.
London politsiyasi detektivi Sofi Xeys taniqli olimlar va rasmiylar yiğilişida artefaktlar nafaqat Özbekiston, balki butun insoniyat boyligi ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, tergov milliy va xorijiy mutaxassislar, YeXHT va WOSCU kömagida olib borilgan.
Jami töqqizta eksponat, jumladan, haykallarning boşi va gipsli freska parçalari namoyiş etildi. Bu yodgorliklar milodiy II-III asrlardan VII asrlargaça bölgan davrga oid bölib, Özbekiston uçun ham, kengroq islom dunyosi uçun ham ğoyat muhim tarixiy ahamiyatga ega. Uşbu bebaho osori-atiqalarning qaytarilişi nafaqat Yangi Özbekistonning yutuği, balki tarixiy merosini asrab-avaylaşda xalqaro hamkorlik aloqalari natijasidir.
Islom sivilizatsiyasi markazi, bölajak “Sotheby’s” va “Çristie’s” auksionlarida iştirok etiş va London san’at galereyalariga boriş niyatida ekanini ma’lum qildi. Uşbu taşabbuslar özbek madaniy merosining yangi buyumlarini saqlab qoliş va vatanga qaytariş maqsadida sotib olişga qaratilgan.












