O‘zbekiston | 12:30 / 10.01.2019
8249
1 daqiqa o‘qiladi

Kommunal xizmatlar tizimi qachon avtomatlashtiriladi?

Iste'molchining unifikatsiyalangan shaxsiy hisobraqamini joriy qilgan holda Kommunal xizmatlarning yagona biling tizimini yaratish keyinga qoldirildi, deb yozmoqda Norma.
 
Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 726-son qaroriga muvofiq mazkur texnologiyalar 2018 yil 1 avgustiga qadar ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi, bu yilning boshidan esa bilingga elektr va gaz ta'minoti ham qo‘shilishi kerak edi. Biroq tizim hanuzgacha ishga tushirilmadi.
 
Vazirlar Mahkamasining 4.01.2019 yildagi 5-son qarori chiqishi bilan yangi muddatlar ma'lum bo‘ldi. 2019 yilning 1 apreliga kelib Kommunal xizmatlarning yagona biling tizimini yaratishga oid texnik topshiriq ishlab chiqiladi va loyihani moliyalashtirish manbalari belgilanadi.
 
Hujjat 5.01.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid