Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent axborot-texnologiyalari kasb-hunar kollejida Puchon universiteti standartlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
Toshkent axborot-texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish” fakultetida ilk talabalarni o‘qitish jarayoni boshlandi.

Kollej o‘quv binosining bir qavati Janubiy Koreyaning Puchon universiteti standartlari va dizayniga mos ravishda jihozlandi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriyalar koreyalik hamkorlar tomonidan taqdim etildi. O‘quv rejasi ham Puchon universiteti tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi standartlariga moslashtirilgan. Kollej o‘qituvchilari Janubiy Koreyada amaliyot o‘tadilar.
2-bosqichni tamomlab, koreys tili bo‘yicha 3-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlarni o‘zlashtirgan talabalarga mahalliy namunadagi diplom beriladi va ular o‘qishning 3-bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon universitetida davom ettiradilar.

Til sinovlaridan o‘tmagan talabalarga mutaxassislikka egaligini tasdiqlovchi va kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi mahalliy namunadagi diplom beriladi.
Maxsus fanlardan «4» yoki «5» baho olgan, lekin koreys tilidan 3-darajani ola olmagan talabalarga kelgusi yilda koreys tilidan 3-darajani olishlari uchun yana bir imkoniyat beriladi. Agar talaba imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa u kelgusida 3 –bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon universitetida davom ettirish uchun ariza berishi mumkin.

"Qurilma-dasturiy kompleksni ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni o‘qitish yaqin kunlarda mutaxassislarning yangi tarmog‘ini yaratadi va O‘zbekistonda elektronika sanoatida professionallikni sezilarli darajada oshiradi. Davlatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olgan holda, o‘z loyihalarini ishlab chiqishga va shunga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kadrlarga bo‘lgan talab geometrik progressiya tarzida o‘sib bormoqda”, deydi TATKHK direktori Dmitriy Li.
Puchon universitetida bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi maxsus bo‘lim faoliyat yuritadi. O‘zbekistondan Koreyaga borgan TATKHK talabalariga ham tegishli yordam beriladi. Universitet malakali kadrlarga qiziqqan yirik korporatsiyalar va firmalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
