Jahon | 19:26 / 12.02.2019
8004
2 daqiqa o‘qiladi

9 yoshli qiz Disney’dan ko‘zoynak taquvchi personaj o‘ylab topishni so‘radi

Nottingemshirda yashovchi 9 yoshli Louri Mur Walt Disney prezidenti va CEO Robert Aygerga maktub yo‘llab, undan ko‘zoynak taquvchi qahramon qiz obrazini yaratishni so‘radi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘zoynak taquvchi boshqa bolalarda ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. 

“Men Disney malikalari haqidagi multfilmlarda katta bo‘lyapman. Ular menga doim yoqqan, qahramon qizlarning ko‘rinishi ajoyib. Biroq, afsuski, ularning hech biri ko‘zoynak taqmaydi va bu meni o‘zimni yetarlicha chiroyli emasdek his qilishga majbur qiladi. Ko‘zoynakli personajlarning aksariyatini “giklar” deb atashadi va o‘ylashimcha, bu adolatsiz”, - deb yozadi 1 yoshidan buyon ko‘zoynak taquvchi Louri.

Yanvar oyi oxirida qizning onasi feysbukdagi sahifasida maktubni joylashtirgan va u ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan bo‘lishilgan (repost). Disney Lourining xatiga javoban barcha bolalarga to‘g‘ri keluvchi va ularga yaqin bo‘lgan personajlarni yaratishga harakat qilishini ma'lum qildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid