Köngiloçar parklar va media sohasida dunyodagi eng yirik Walt Disney Co kompaniyasi 32 ming nafar xodimini işdan böşatadi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.
Qayd etilişiça, 2021 yildagi moliyaviy yilning birinçi yarmida (2020 yil oktyabr - 2020 yil mart oylari) asosan tematik parklar xodimlari soni qisqartiriladi.
Koronavirus pandemiyasi va karantin çeklovlari Disney kompaniyasining qator bölinmalariga salbiy ta'sir körsatmoqda. Tematik parklar va kruiz kemalarini boşqaruvçi hamda videoöyinlar çiqariş bilan şuğullanuvçi bölinma daromadi 61 foizga kamaygan.
Disney tematik parklari yopiqligiça qolmoqda yoki ançadan buyon çeklangan tartibda işlamoqda, kruizlar joriy yilning ikkinçi çoragida töxtatilgan, kompaniya dökonlari ham işlamayapti.
Kompaniya öz holatini yaxşilaş uçun qöşimça çoralar körişini, jumladan, qöşimça moliyalaştiriş jalb etiş, dividendlar tölaşni töxtatiş, filmlar va teleloyihalarga mablağ ajratişni qisqartiriş hamda xodimlarni haq tölanmaydigan ta'tilga çiqarişi mumkinligini ma'lum qildi.












