Walt Disney kinokompaniyasiga ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Walt Disney kinokompaniyasini 98 yillik tarixi davomida ilk bor ayol kishi boshqaradi. Kompaniya direktorlar kengashi rahbari lavozimiga 67 yoshli Syuzan Arnold tayinlandi.
Arnold 14 yil davomida direktorlar kengashi a'zosi bo‘lgan. U Bob Ayger o‘rnini egallaydi. Bungacha Arnold Carlyle investitsiya kompaniyasi rahbari va Procter & Gamble hamda McDonald's kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020 yilda Disney bosh direktori lavozimidan iste'foga chiqqan Bob Ayger kompaniyani dekabr oxirida tark etadi. U bu lavozimda 15 yil faoliyat yuritgan. Bu vaqt davomida kompaniya bir nechta yirik xaridlarni amalga oshirgan. Jumladan, u Pixar, Marvel, Lucasfilm va 21st Century Fox’ni sotib olgan.
Aygerdan tashqari, Disney’ning yana bir nechta rahbari yil oxirigacha o‘z lavozimlarini tark etishlarini ma'lum qilgan. Ular orasida Disney Branded Television prezidenti va bosh kreativ direktori Geri Marsh hamda kompaniya bosh maslahatchisi Alan Braverman bor.
Mavzuga oid
15:17 / 26.11.2020
Walt Disney kompaniyasi 32 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
07:40 / 26.02.2020
Walt Disney’ga yangi bosh direktor tayinlandi
21:30 / 17.12.2019
Bir yil ichida 10 mlrd dollar: Disney rekord natijani qayd qildi
19:26 / 12.02.2019