Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik: O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘ining ishlash tartibi to‘liq tiklandi
Hozirgi vaqtda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan, deb bayonot berdi Energetika vazirligi.
Foto: Depositphotos
5 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona energiya tizimining elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarga sabab bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini o‘rganish uchun tuzilgan komissiya hodisa sababini aniqladi.
Energetika vazirligining 7 yanvar oqshomidagi xabariga ko‘ra, Tolimarjon IESdagi bug‘-gaz qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlashi oqibatida nosozlik yuzaga kelgan va avariyaga qarshi avtomatika ishlab rejadan tashqari o‘chirilgan.
«Buning natijasida Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimini (YaET) Rossiya va Qozog‘istonning yagona energiya tizimi bilan bog‘laydigan tranzit tarmoqlarida yuklama keskin ko‘tarilgan. Bu esa energiya tizimlarining parallel ishlashi barqarorligining buzilishiga olib keldi.
Natijada Qozog‘iston shimoliy qismining energiya tizimlari Markaziy Osiyoning YaETidan ajralib chiqdi. YaET MO chastotasi 48,15 Gs. gacha kamaydi. Shu bilan birga, bir qator iste'molchilar avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qo‘yildi, issiqlik elektr stansiyalarining (IES) energiya bloklari yuklamalari tushirildi», – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, avariyaga qarshi avtomatik boshqarish tizimi energiya bloklari uchun katta muammolar va zararli oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
«Tadbirlar tahlili asosida va shu kabi hodisalarning oldini olish maqsadida rejali choralar ishlab chiqilmoqda», – deya qo‘shimcha qilgan Energetika vazirligi axborot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish vaqti 05:00-15:00 etib cheklangani yuzasidan Kun.uz'ga bergan izohida, 9 yanvarga qadar vaziyat barqarorlashishi kutilayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025