10 fevral kuni “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan ötgan qismida avariya röy berib, yonğin çiqdi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga köra, avariya Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmasining diametri 1020 mm bölgan 26 kg bosim ostidagi quvurning yer ostidan ötgan 106-kilometrida, soat 11:26 da röy bergan.
Soat 11:30 da murvatlar yopilib, qoldiq gazlar çiqib ketgan.
Yonğin natijasida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yöq. FVBga köra, avariya röy bergan joyga eng yaqin aholi maskani Romitan tumani Qizilrabot MFY bölib, u 40 km uzoqlikda joylaşgan.
Buxoro viloyatiga oid Telegram-kanallarda viloyatdagi metan-şoxobçalar yopilgani haqida yozilmoqda.
Holat bartaraf etilmagunça, metan-şoxobçalarga vaqtinça çeklovlar kiritilişi Energetika vazirligi xabarida ham aytilgandi, ammo vazirlik axborotining uşbu qismi köp ötmay öçirib yuborildi.
Birozdan söng, vazirlik aniqlaştiruvçi xabar e’lon qilib, barça hududlardagi metan-şoxobçalar “hozirgi rejimda işlaşda davom etişi”ni ma’lum qildi.
“Qöşimça örganişlardan söng, respublikamizning barça hududlaridagi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelişilgan tartibda, hozirgi rejimda işlaşda davom etişi belgilandi. Ya’ni ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib çiqqan holda yölga qöyiladi.
Bu masalada biron-bir özgariş bölsa, jamoatçilikka qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi Energetika vazirligi axborotida.

















