Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi
Xalqaro kongress markazida Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, yaqin-yaqingacha iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat edi.
Islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” bo‘lgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelmoqda. Avval 100 foiz davlat tarmog‘i hisoblangan aviatsiya sohasida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi.
“Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvini ham xususiy sektorga topshiramiz.
Temiryo‘l sohasida ham katta o‘zgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman”, - dedi prezident.
Shu bilan birga, tez o‘sib kelayotgan IT, turizm, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda O‘zbekiston mintaqaviy habga aylanib borayotgani ham bu yo‘nalishdagi katta imkoniyat.
Bu yil davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish bo‘yicha 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari ko‘magida ishlab chiqildi. Bular davlat uchun muhim bo‘lgan transport, kommunal va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
Mavzuga oid
14:03 / 29.04.2026
Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 09.04.2026