Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi öz aksiyalarining dastlabki ommaviy taklifini (IPO) boşlaganini e’lon qildi.
Narxlar
Dual-listingda narxlar quyidagiça belgilandi:
- Toşkent fond birjasida bir dona oddiy aksiya 4,65 sömdan,
- London fond birjasida bir dona GDR (64 700 ta aksiyadan iborat) 25 AQŞ dollaridan taklif etilmoqda.
Toşkent fond birjasidagi taklifda jismoniy şaxs bölgan investorlar uçun 12 mlrd sömgaça bölgan buyurtmalar doirasida 5 foizlik çegirma amal qiladi. Çegirma hisobiga, ular uçun bir donaning aksiyaning taklif narxi 4,41 sömni taşkil etadi.
Dastlabki ommaviy taklifda jamğarma aksiyalarining taxminan 30 foizi (5 milliard dona aksiya) oçiq savdoga çiqarilişi közda tutilgan.
E’lon qilingan narxlarda kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni taşkil etadi.
Sanalar
Obuna bugun, 29 apreldan boşlanib, 12 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 17:00 gaça (London vaqti bilan 12:00 gaça) davom etadi.
13 may kuni joylaştiriladigan aksiyalarning yakuniy miqdori e’lon qilinadi va London fond birjasida şartli savdolar boşlanadi.
18 maydan e’tiboran Toşkent fond birjasida ikkilamçi savdolar, Londonda esa şarsiz savdolar boşlanişi kutilmoqda.
Toşkentda qanday obuna böliş mumkin?
Özbekistondagi çakana investorlar UzNIF aksiyasini sotib olişga brokerlik kompaniyalari: Alkes Research, Avesta Investment Group va Bluestone Financial Group orqali buyurtma berişi mumkin.
Jismoniy şaxslar 200 mln sömgaça bölgan xaridlarga Jett servisi orqali ham buyurtma bera oladi. Bu servisdan app.jett.uz sayti yoki Multicard, Zoomrad, MyUTC kabi mobil ilovalar orqali foydalaniş mumkin.
Jamğarma portfeli
Milliy investitsiya jamğarmasi Özbekistonda transport, energetika, kommunal va telekommunikatsiya xizmatlari kabi sohalardagi 13 ta yirik davlat kompaniyasining 25-40 foiz uluşlarini özida jamlagan.
Jamğarma portfeli 2025 yil 31 dekabr holatiga 2,44 mlrd dollarga













