Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari harorat nisbatan ko‘tariladi
Dam olish kunlari harorat kechasi +10…+12, kunduzi +25…+28 darajani tashkil qiladi.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20 oktyabrga kelib kechasi +10…+12 darajani, kunduz kuni +25…+28 darajani tashkil etadi.
Faqat 19 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 oktyabrda esa yomg‘ir Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘adi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Harorat 19 oktyabrda kechasi +6…+8, kunduzi +23…+25, 20 oktyabrda kechasi +9…+11, kunduzi +25…+27 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:24 / 12.01.2026
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026