Iskandar Qutbiddinovning ta’kidlaşiça, kunduzgi va keçki haroratning ayrim hollarda 14°gaça keskin farq qilişi, tuman tuşişi hamda şamol tezligining pasayişi ifloslantiruvçi moddalarning atmosfera havosida tarqalişini qiyinlaştirmoqda. Natijada havo aylanişi sustlaşib, ifloslaniş omillari kuçayadi.

Ma’lum qilinişiça, maxsus komissiya faoliyati töxtatilmagan. Hozirda e’tibor sanoat va xöjalik obektlarida ekologik reydlar, nazorat hamda tekşiruv tadbirlariga qaratilgan.

Xususan, 1–7 yanvar kunlari Toşkent şahrida 12 ta, Toşkent viloyatida 22 ta işlab çiqariş korxonasida tekşiruvlar ötkazilib, ta’sirçan çoralar körilgan.

Şuningdek, atmosfera havosini ifloslantirgan önlab avtotransport vositalariga nisbatan ma’muriy çoralar qöllanilgani aytildi.

Profilaktik yönalişda ham işlar kuçaytirilgan: taşlama manbalari ustidan monitoring oşirilgan, atmosfera havosi sifati tezkor baholab borilmoqda.

Mutaxassislar prognoziga köra, antitsiklonlar ta’siri pasayib, yoğingarçilik kuzatilişi va şamol tezligi oşişi bilan havo sifati bosqiçma-bosqiç normallaşişi mumkin.

Qayd etilişiça, harorat inversiyasi qisqa muddatli va oldindan prognoz qilinadigan meteorologik hodisa hisoblanadi. Bu davrda davlat taşkilotlari kuçaytirilgan rejimda iş olib boradi, ifloslanişni yumşatişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Maxsus komissiyaning ekologik reyd va monitoring tadbirlari inversiya yakunlangaç ham davom ettirilişi bildirildi.