Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqulay ob-havo sabab qator aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
Ayrim aeroportlarda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta aviareyslar xavfsizlik nuqtai nazaridan muqobil aerodromlarga qo‘ndirildi. Jumladan, Samarqand, Toshkent va Nukus aerodromlari muqobil manzil sifatida tanlangan.
Foto: Uzbekistan Airports (arxiv foto)
Noqulay ob-havo sharoiti sabab quyidagi reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi:
Fly Khiva aviakompaniyasining Madina — Qarshi yo‘nalishidagi 2U7623 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
Centrum Air aviakompaniyasining Jidda — Buxoro yo‘nalishidagi C63316 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Qozon — Farg‘ona yo‘nalishidagi HY9652 reysi — Toshkent muqobil aerodromiga;
Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yo‘nalishidagi U62457 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
FlyOne aviakompaniyasining Jidda — Farg‘ona yo‘nalishidagi 7Q2242 reysi — Toshkent muqobil aerodromiga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Qarshi aeroportidagi ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways’ning Moskva — Qarshi yo‘nalishidagi HY9624 reysi ekipaji Samarqand muqobil aerodromiga yo‘l olishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, Urganch aeroportidagi noqulay ob-havo sabab Uzbekistan Airways’ning Toshkent — Urganch yo‘nalishidagi HY51 reysi ekipaji Nukus muqobil aerodromiga qo‘nishga qaror qilgan.
Aviayo‘lovchilardan reyslar bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni aviakompaniyalar va aeroportlarning rasmiy manbalari orqali tekshirib borish so‘ralmoqda.
Mavzuga oid
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
18:55 / 25.05.2026
Hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?
09:30 / 15.05.2026