Sport | 22:51 / 17.09.2016
7211
2 daqiqa o‘qiladi

Sochida Rossiyadagi jahon chempionatigacha qolgan vaqtni orqaga sanovchi soat ishga tushirildi


Rossiyaning Sochi shahrida 17 sentabrda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatigacha qolgan vaqtni orqaga sanovchi soat tantanali ravishda ishga tushirildi. Bu soat futbol muxlislarining birlashadigan markazi bo‘ladi, deb aytdi shahar meri Anatoliy Paxomov.

Shu munosabat bilan shaharning Dengiz portidagi xiyobonda soatning ishga tushirilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqvim va hakam tablichkasi ko‘rinishidagi Hublot siferblatiga ega raqamli soatlar Wi-fi-router va istalgan muxlis foydalana olishi mumkin bo‘lgan ichki kamera bilan jihozlangan. Jahon chempionatining ramzi bilan tushilgan fotosuratni o‘z elektron pochtasiga yuborish mumkin.

"Bu tarixiy voqea, chunki biz bugun orqaga sanovchi soatni o‘rnatdik. Bu soat bizga 2018 yilgi jahon chempionatiga qancha vaqt qolganini eslatib turadi. Biz shu qolgan vaqt ichida bu muhim voqeaga tayyorgarlik ko‘ramiz. Fikrimizcha, bu soatlar futbol fanatlari, muxlislarining birlashish ramzi bo‘ladi", deb aytdi Paxomov.

Paxomovning aytishicha, Sochi infratuzilmasi jahon chempionatini qabul qilishga, shahar aholisi o‘z mehmondo‘stligini ko‘rsatishga tayyor. Marosimda Rio Olimpiadasi oltin medali sohibi tennnischi Yelena Vesnina va futbolchi Dmitriy Bulikin faxriy mehmonlar bo‘ldilar.

"Biz ona shahrimizda bunday katta tadbirni o‘tkazishdek baxtga muyassar bo‘lamiz. Men o‘ylaymanki, u ko‘tarinki kayfiyatda o‘tadi. Men barchani bu bilan tabriklayman va terma jamoamizga omad tilab qolaman", deb aytdi Vesnina.

 

Mavzuga oid