Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika bo‘yicha yevrokomissar: YeI RF gazisiz yashay oladi
Yevropa Ittifoqining energetika bo‘yicha komissari ittifoq Ukraina orqali o‘tadigan Rossiya gazining o‘rnini bosishi mumkinligini va undan foydalanish uchun «hech qanday asos» yo‘qligini aytdi.
Foto: Dursun Aydemir/ Anadolu via Getty Images
Energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simons, shartnoma yanvar oyida tugaganidan keyin Yevropa Ittifoqi Ukraina orqali yetkazib beriladigan Rossiya gazini almashtirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u 15 oktyabr, seshanba kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Men vazirlarga Rossiya va «Naftogaz» o‘rtasidagi shartnomani tugatishga tayyor ekanligimizni tasdiqladim, 14 milliard kub metr Rossiya gazini almashtirish imkoniyatlari bor», — deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters. Simonsning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya gazidan foydalanishda «hech qanday asos yo‘q». «Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz yashay oladi... Men aniq aytmoqchimanki, bu (Rossiya Federatsiyasi gazidan foydalanish) zarurat emas, balki siyosiy tanlov va shu bilan birga xavfli», — deydi u.
«Gazprom» Rossiyada eng zarar ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqaryapti
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, «Gazprom» holdingi birinchi marta Forbes jurnalining Rossiyadagi norentabel kompaniyalar reytingiga kiritildi. Shu bilan birga, mamlakatdagi eng norentabel kompaniyalar orasida u 583,1 milliard rubl miqdoridagi rekord darajadagi sof zarar bilan birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi nashr 2 oktyabr kuni kechqurun.
«Gazprom» 25 yil ichida birinchi marta zarar ko‘rdi. Shu bilan birga, Rossiyaning Forbes nashri ta’kidlashicha, bu holatda moliyaviy yo‘qotishlar ko‘proq «buxgalteriya hisobi» xususiyatiga ega, chunki ular 1,15 trillion rubl miqdoridagi nomoliyaviy aktivlarning qadrsizlanishidan yo‘qotishlar va valuta kurslaridagi 652 milliard rubllik farqlardan yo‘qotishlarga taalluqli.
Mavzuga oid
20:00 / 19.12.2025
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
09:47 / 19.12.2025
YeI Ukraina uchun pul topdi, lekin bu Rossiya aktivlari emas
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
13:29 / 12.12.2025