Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni ma’lum qildi.
Foto: Getty images
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya bo‘yicha bosh direktorati ekspertlari muzokaralarining birinchi bosqichi o‘tkazildi, deb xabar berdi «Dunyo».
TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oshirish, o‘qish uchun borayotgan O‘zbekiston fuqarolari, yuk mashinalari haydovchilari, turistik guruhlar uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Xususan, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni belgilab bergan. Ushbu shartlar qanday ekaniga xabarda aniqlik kiritilmagan.
Ta’kidlanishicha, qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erishish uchun shu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishilgan.
Mavzuga oid
22:08 / 16.04.2026
Samarqanddagi 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
10:03 / 09.04.2026
Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi
20:02 / 08.04.2026