O‘zbekiston | 11:06 / 21.09.2023
10067
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 159 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Kattaqo‘rg‘onda fuqaro issiqxona qurmoqchi bo‘lgan shaxsga davlat zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini 150 ming dollar evaziga mansabdor tanishlari orqali olib berishini hamda 9 ming dollar evaziga kadastrdagi tanishlari yordamida nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, 159 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Videodan kadr

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qator hududlarda yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro issiqxona qurmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga davlat zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini 150 ming AQSh dollari evaziga mansabdor tanishlari imkoniyatlari orqali olib berishini hamda 9 ming AQSh dollari evaziga ushbu yerni kadastr tizimidagi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, jami 159 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Paxtachi tumanida kuzatilgan holatda esa, fuqaro o‘zining onasiga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jalikning 10,45 gektar yer maydonini mevani qayta ishlash zavodi qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga 900 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ham Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Sho‘rchi tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda ishchi bo‘lib faoliyat yurituvchi, muqaddam sudlangan shaxs mazkur xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini xaridorga 45 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumanida yashovchi shaxs bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka tegishli 24 sotix yerni xaridorga kelgusida turar joy qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berish bilan 22,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid