Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qaşqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahrida Tojikistondan keltirilgan narkotik moddalar musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida Toşkent şahrining Uçtepa tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, 1996 yilda Navoiy viloyatida tuğilgan şaxsning vaqtinçalik yaşaş manzilidan 1 kilogramm 995 gramm geroin moddasi, 143 gramm «Mefedron» hamda 3 litr suyuq «Mefedron» sintetik narkotik, qadoqlaş vositalari, elektron tarozi va boşqa uskunalar olingan.
Şuningdek, mazkur şaxs tomonidan mijozlarga sotiş maqsadida Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumani hududidagi xufiya joylarga yaşirib ketilgan oltita zakladkalardan jami 1 kilogramm 296 gramm «Mefedron» ham olingan.
Ma’lum bölişiça, uşbu giyohvandlik vositalari qozoğistonlik va tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan kontrabanda yöli bilan mamlakatimizga yetkazib berilgan.
Boşqa holatda esa Samarqand — Toşkent yönalişida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomaşina Sirdaryo viloyatining «Sirdaryo» YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan. Natijada unda yölovçi sifatida ketayotgan Toşkent viloyatining Zangiota tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan 45 yoşli şaxsga tegişli 1 kilogramm 641 gramm gaşiş moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, u narkotik moddani Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangani uçun sudlangan 45 yoşli fuqarodan 10 ming AQŞ dollariga sotib olgani aniqlanib, u ham qölga olingan.
Şuningdek, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuzatilgan holatda, Toşkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvçi, 64 yoşli şaxs Tojikistondan keltirilgan 901 gramm opiy moddasini 8 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
«Ta’kidlaş lozimki, mazkur şaxs muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilib, jazo ötagan bölsa-da, öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan», — deyiladi xabarda.
DXX Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yaşovçi, 35 yoşli şaxs boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi Kökdala tumanidagi «Umakay» YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan.









