DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi obektlari egalari har yili kamida bir marta ushbu obektlarni toifalashi shart. Ushbu ma’lumotlar MAI obektlari reyestrini yuritish uchun Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizovning «O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i imzolandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi obektlariga egalik qiluvchi sub’yektlar har yili kamida bir marta ushbu obektlarni toifalashi shart. Buning uchun tegishli komissiya tuzish lozim.
Muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalashning 3 ta mezoni belgilanmoqda.
Yuqori darajadagi:
– kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli juda ko‘p miqdorda zarar yetishi, 20 dan ortiq odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi yoki katta ekin maydoniga (1000 kvadrat metrdan ortiq) teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi mumkin bo‘lgan obektlar;
– davlat sirlariga oid ma’lumotlar aylanmasi mavjud bo‘lgan, shuningdek yoqilg‘i-energetika, atom energetikasi, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va qo‘riqlanadigan shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik turgan joylardagi obektlar.
O‘rta darajadagi:
– kiberxavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli ko‘p miqdorda zarar yetishi, 10 dan ortiq, biroq 20 dan ko‘p bo‘lmagan odamning sog‘lig‘iga zarar yetishi, 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi, o‘rtacha kattalikdagi (250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni) ekin maydoniga teng bo‘lgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi yoki davlatning nufuzi va obro‘siga zarar yetishi mumkin bo‘lgan obektlar.
Past darajadagi:
– yuqori va o‘rta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obektlari toifasiga kirmaydigan obektlar.
Obektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim axborot infratuzilmasi obektlarining reyestrini yuritish uchun Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.
Buyruq joriy yil 13 noyabrdan kuchga kirdi hamda 2029 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Muhim axborot infratuzilmasi nima?
Qonunchilikka ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi – muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui hisoblanadi.
Muhim axborot infratuzilmasi obektlari – davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash, yoqilg‘i-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qo‘llanadigan axborotlashtirish tizimlari.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:39
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
Mavzuga oid

20:39 / 29.05.2025
DXX raisi O‘zbekistonda dron uchirish bo‘yicha federatsiya tuzilishini aytdi

09:20 / 29.05.2025
Toshkent viloyatida ko‘p miqdordagi narkotik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

08:13 / 27.05.2025