Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovo fojiasi. Qurbonlar soni ortmoqda
Foto: Danil Aykin/TASS
Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVVning selektor yig‘ilishida xabar berishgan, yig‘ilish «Rossiya 24» telekanali tomonidan efirga uzatildi.
Xabar berilishicha, halok bo‘lganlardan 19 nafarining jasadi sud-tibbiy ekspertizasiga yuborildi.
Jabrlanganlar umumiy soni 48 kishiga yetdi. 12 kishi shifoxonada qolmoqda, ulardan ikki nafari – og‘ir ahvolda.
Yong‘in markazning oxirgi – 4-qavatida boshlangan. Yonayotgan binodan 20 kishi qutqarilgan, 100 kishi evakuatsiya qilingan. Savdo markazi 2013 yilda ochilgan bo‘lib, uning umumiy hududi 23 ming kvadrat metrni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
09:31 / 05.01.2026