Jizzax şahridagi uç qavatli savdo majmuasida yonğin sodir böldi, deb xabar berdi FVV.
Xabarga köra, 17 may kuni soat 11:21 da “112” tizimi orqali Şarof Raşidov şohköçasida joylaşgan uç qavatli savdo majmuasining ikkinçi qavatidagi dökonda yonğin sodir bölganligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Ikkita qutqaruv bölinmasi voqea joyiga yetib borgan va yonğin soat 11:37 da töliq öçirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan kiyim keçak dökonining taxminan 15 kv.m. maydonda içki qismi va qisman kiyim-keçaklar yonib zararlangan.
Qutqaruvçilarning tezkor haraktlari natijasida yonğinning keng maydonga tarqalişi oldi olinib, binoning asosiy qismi yonğindan saqlab qolingan.
Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.
Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.












