Jahon | 21:53 / 03.01.2026
18493
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Maduroning qo‘lga olingandan keyingi ilk suratini namoyish etdi

Maduro va rafiqasi kema orqali Nyu Yorkka olib boriladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olingan Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning suratini e’lon qildi.

Tramp Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu Yorkka yetkazilishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, surat olingan vaqtda ular «Ivodzima» aviatashuvchisidagi vertolyot bortida bo‘lishgan.

3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh Venesuelada harbiy operatsiya o‘tkazdi aviatsiya kuchlari poytaxt Karakasda, shuningdek, Miranda, Aragua va La-Guayr shtatlaridagi nishonlarga ketma-ket zarbalar bergan, maxsus topshiriqli bo‘linmalar esa Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olib, vertolyotda mamlakatdan olib chiqib ketgan.

AQSh bosh prokurori Pem Bondi Nikolas Maduro va Siliya Floresga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga nisbatan narkoterrorizm, kokain tashish, noqonuniy ravishda qurol-yarog‘ saqlash hamda Qo‘shma Shtatlarga qarshi pulemyotlar va portlovchi qurilmalarni saqlash ayblovlari e’lon qilingan.

CNN telekanali manbalariga ko‘ra, amerikalik harbiylar yarim tunda Maduro va uning rafiqasi uxlab yotgan uyga bostirib kirgan hamda ularni yotoqxonada qo‘lga olgan.

Hozirda AQSh hukumati ularni Nyu Yorkka olib borish rejasini ishlab chiqmoqda, u yerda ular Manhetten federal sudi oldida javob berishadi.

ABC News xabariga ko‘ra, Maduro Nyu Yorkka olib borilishidan oldin Guantanamodagi harbiy bazaga yetkaziladi. Shundan keyin u FQB samolyotida Nyu Yorkka olib ketiladi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid