Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rosgvardiya rahbari Kreml devorlari yonida «terrorchining» qo‘lini siqdi
Foto: Videodan kadr
Znak.com tahririyatiga ikkita videorolik yuborildi, ularda 3 oktabr kuni Moskvadagi Vasilevsk tepaligida yuz bergan hodisaning ba'zi tafsilotlari tasvirlangan.
Videoda «Gelendvagen» haydovchisi - Primoryada yashovchi 41 yoshli fuqaro Dmitriy Shalay Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotov bilan uchrashuv tashkillashtirilmasa portlash sodir etish haqida tahdid qilgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, suhbat yuz bergan, shundan so‘ng general Shalayga qo‘l uzatgan va u hech qanday qarshilik ko‘rsatmay o‘zini huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qo‘liga topshirgan.
O‘z navbatida, ushbu hodisa haqida xabar bergan ko‘plab OAV Kreml devorlari yonida «terrorchi» o‘z mashinasida turib olib, Zolotov bilan uchrashuvni talab qilayotganini yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining muassasa bo‘yicha ma'lumotlariga javoban chiqish qilib, fond rahbari Aleksey Navalniyni duelga chaqirdi va undan «sersuv kotlet» tayyorlashga va'da bergandi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026