Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari tasdiqlandi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi 3454-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga asosan mamlakatimizning kelgusi yildagi davlat byudjyeti parametrlari belgilanib, daromadlari va xarajatlari miqdori, soliqlarning stavkalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yurtimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha) 2017 yildagi miqdorda o‘zgarishsiz saqlab qolinib, uchinchi shkalasi (eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha) — 16,5 foiz, to‘rtinchi shkalasi (eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqorisi) 22,5 foiz miqdorida, ya'ni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirilgan.
Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya'ni, 172.240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar esa soliqqa tortilmaydi.
E'tiborli tomoni — endi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172.240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021