Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilning ilk kunida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘onada qayd etildi
Yilning dastlabki 17 soatida O‘zbekiston bo‘ylab jami 1094 nafar bola dunyoga keldi. Ulardan 555 nafari qiz, 539 nafari o‘g‘il. Tug‘ilganlar orasida jami 34 nafar egiz bolalar ham bor. Xususan, bir holatda 3 homilali, yana bir holatda 4 homilali egizaklar tug‘ildi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
2026 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1094 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ularning 555 nafari qiz, 539 nafari o‘g‘il.
Tug‘ilganlar orasida 17 nafar egizak (jami 37 nafar bola) bor. Ularning 30 nafari – ikki homilalik bo‘lib, bittadan holatda 3 va 4 nafarlik egizaklar ham dunyoga keldi.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etildi: 138 nafar.
Surxondaryo viloyatida 135 nafar, Samarqand viloyatida 125 nafar, Qashqadaryo viloyatida 121 nafar, Namangan viloyatida 110 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Eng kam tug‘ilish esa aholi soni eng kam hudud – Sirdaryo viloyatida kuzatildi: 19 nafar.
SSVga ko‘ra, 5 kunlik dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug‘uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo‘ylab jami 4913 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya va hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Vazirlikning qayd etishicha, O‘zbekistonda 2021 yilning shu davrida 1086 nafar, 2022 yilda – 1448 nafar, 2023 yilda – 1312 nafar, 2024 yilda – 1043 nafar, 2025 yilda – 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
11:45 / 01.04.2026
Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi
08:57 / 20.03.2026
O‘zbekistonda 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi
09:42 / 10.03.2026
O‘zbekistonda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar ma’lum qilindi
13:38 / 20.02.2026