Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
2026 yil 1 apreldan boshlab, foto va videoradarlar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini hisoblash boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab qo‘yildi. Hozir faqat YHX xodimlari qo‘l rejimida tuzgan bayonnomalar bo‘yicha ball hisoblab kelinmoqda.
Foto: DepositPhotos
O‘zbekistonda radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ham haydovchilarga jarima ballari hisoblash boshlanadi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab:
- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi;
- jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda (ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi) foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballarini hisoblash tartibi – uzoq kechikishlardan keyin – 2025 yil 1 iyundan boshlandi. Shundan buyon faqat YHX xodimi tomonidan qo‘l rejimida qayd etilgan qoidabuzarliklarga nisbatan jarima ballari hisoblab kelinmoqda.
Bu tizimda qoidabuzarliklarning yigirmaga yaqin turi uchun 0,2 balldan 2 ballgacha jarima ballari belgilangan. Xususan, tezlikni ruxsat etilganidan soatiga 20 kilometrgacha oshirib yuborganlik uchun 0,5 ball hisoblanadi. 12 oy ichida 12 ball to‘plagan haydovchilar 6 oydan 3 yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘ladi.
Iyun, iyul, avgust oylarida 64 mingga yaqin haydovchiga jarima balli yozilgan bo‘lib, ulardan 4 nafari uch oy ichida 5 ball to‘plashga ulgurgan.
Hukumat qarori bilan, 2025 yil oxirigacha haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarni qayta imtihon qilishning alohida tartibi ishlab chiqilishi belgilangan.
Mavzuga oid
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
21:36 / 25.11.2025
“Retsidivist” haydovchining bir yil ichidagi 45-qoidabuzarligi 5 kishining o‘limi bilan tugadi
14:30 / 25.11.2025